Jahon | 07:30 / 01.04.2018
104621
2 daqiqa o‘qiladi

“Tolibon” IShIDga urush e'lon qildi   

Foto: AFP 2018 / WAKIL KOHSAR

Afg‘onistonning “Tolibon” harakati IShID terrorchilik guruhiga urush e'lon qildi. Bu haqda toliblar bayonotiga iqtibos keltirgan holda afg‘on ommaviy axborot vositalari ma'lum qildi.   

“Tolibon” bayonotida aytilishicha, IShID “bu zamonaviy xarijitlar (murtadlar), beshafqat imonsizlar va yollanma jangarilar guruhi bo‘lib, adovat va nifoq soladi, Afg‘oniston sunniylari, shialari va ismoiliylarini bir-biriga gij-gijlab birdamligini barbod qilishga intiladi, imomlarni o‘ldiradi va muqaddas Islom dinini dunyo oldida obro‘sizlantiradi”. 

Bayonotda ta'kidlanishicha, urush e'lon qilishga IShID jangarilari tomonidan Jauzjon viloyatidagi Darzob uyezdining bosib olinishi sabab bo‘ldi. Bu yerda xarijitlar guruhi og‘ir jinoyatlar sodir etib, 20 nafar asirga tushgan mujohidni o‘ldirib o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga uringan.  

Xabarda ta'kidlanishicha, “Tolibon” barcha tarafdorlarini “bundan-buyog‘iga Afg‘onistonning barcha joyida IShIDni qilgan ishiga yarasha jazolash va mujohidlar uchun o‘ch olishga chaqirgan”.  

Mavzuga oid