Light | 14:40 / 01.04.2018
21090
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati pozitsiyasi: Maktablardagi tushlik - ta'limning muhim bir qismi (fotojamlanma)

Yaponiyada maktabdagi tushliklar bizning tasavvurimizdagi odatiy tushliklardan ancha farq qiladi. 

Yapon madaniyatida ovqat — ta'limning eng muhim qismi. Bolalarga kichikligidanoq ular iste'mol qilayotgan har qanday taom nafaqat tanaga, balki fikrlash qobiliyatiga va kayfiyatga ham ta'sir qilishini tushuntirib borishadi. "Hukumatning pozitsiyasi shundayki, maktabdagi tushlik shunchaki o‘quv jarayonidagi tanaffus vaqti emas, ta'limning muhim bir qismi hisoblanadi", - dedi hukumatning maktabdagi sog‘liqni saqlash bo‘limi vakili Masaxiro Oji. 

Agar ota-onalar farzandining tushligi uchun pul to‘lay olmasa (2,5 dollar atrofida), bolalarga bepul yoki qisqartirilgan tushlik dasturlari taklif etiladi.

Foto: independent.co.uk

Yaponiyada tushlik vaqti juda qadrlanadi. Hech kimni shoshirishmaydi, bolalar xotirjam ovqatlanishadi.

Foto: independent.co.uk

Maktab o‘quvchilari tayyor tushliklarni bir-birlariga uzatishadi - shu tariqa ularda mustaqillik tarbiyalanadi. Aksariyat maktablarda hatto farroshlar ham yo‘q, bolalar o‘zlari hamma joyni tozalashadi. 

Foto: independent.co.uk

Guruch — yaponlar oziqlanuvchi asosiy mahsulot.

Foto: independent.co.uk

Tushlik odatda asosiy taom, guruch va sho‘rvadan iborat bo‘ladi. Suratda miso-sho‘rva, baliq, sut, guruch va qovurilgan go‘sht bilan sabzavotlar.

Foto: independent.co.uk

Yana bir variant — go‘sht va guruchli tofu, salat, olma va sut paketi.

Foto: independent.co.uk

Akita prefekturasidagi Jinego boshlang‘ich maktabida odatiy tushlik tovuq go‘shti, guruch, vakameli miso-sho‘rva, sabzavotli salat, sut va mandarindan tashkil topadi.

Foto: independent.co.uk

Guruchli karri, sut va mevali salat. Ko‘p maktablarda tushlikka haftasiga bir marta Koreya va Italiya oshxonalari taomlari beriladi.

Foto: independent.co.uk

Yashima maktabida — guruch, go‘sht va tuxum, limonli yogurt, tofu va dengiz o‘simliklari qo‘shilgan sho‘rva, sut.

Foto: independent.co.uk

Natijada yaponlar nafaqat sog‘lom tana va oshqozonga ega bo‘lishadi, balki o‘zlari iste'mol qilayotgan har bir narsaga mas'uliyat bilan yondashishga o‘rganishadi. Yaponiyada o‘rtacha hayot davomiyligi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega, aholining semizlik darajasi esa o‘rtachadan past. 

Foto: independent.co.uk

Yaxshi tushlikdan keyin esa yaxshi uyqu keladi.

Foto: independent.co.uk

 

Mavzuga oid