SpaceX o‘z Internet yo‘ldoshini ishga tushirishga rasman ruxsat oldi
AQShning Aloqalar bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) SpaceX kompaniyasining bir necha ming ixcham sun'iy yo‘ldoshdan iborat Starlink sun'iy yo‘ldoshi tarmog‘ini ishga tushirish va undan foydalanishga doir arizasini tasdiqladi. Kompaniya ular yordamida nafaqat AQShda, balki butun dunyoni Internet bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda.
"Komissiya ushbu qarori bilan tezkor ma'lumot yetkazish xizmatlarini taqdim etish sohasida munosib raqobat tomon muhim qadam qo‘ydi", - deyiladi FCC bayonotida.
Arizada ta'kidlanishicha, bu FCC bunday sun'iy yo‘ldosh guruhini yaratishga ro‘yxush bergan birinchi holatdir, biroq OAVga ko‘ra, so‘nggi yilda OneWeb, Space Norway va Telesat kompaniyalari sun'iy yo‘ldoshlar yordamida keng ko‘lamli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun AQSh bozoriga kirishga ruxsat olishgan.
SpaceX kompaniyasi sun'iy yo‘ldoshlari Internetga global kirishni ta'minlash uchun Ka- va Ku-diapazonidagi chastotalarda ishlaydi. Starlink tarmog‘ining ommaviy ishga tushirilishi 2019 yilga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
00:41 / 29.09.2024
SpaceX va NASA Xalqaro kosmik stansiyaga to‘qqizinchi Crew Dragon’ni uchirdi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
21:36 / 10.09.2024