Shvetsiya o‘rmonlaridagi eng “yovvoyi” mehmonxona (foto)
Shvetsiyadagi bu qo‘pol yerto‘la va kulbalarga o‘tgan asrlarda daraxt kesuvchilar yashagandek bir necha kun yashash taklif qilinmoqda. Bu yerda zamonaviy hayotning birorta unsurini uchratmaymiz – na suv tarmog‘i, na isitish tarmog‘i, na elektr energiya bor. Mox bosgan xonalar esa ta'tildan hech narsa bilan tenglasha olmaydigan taassurotlar olishni va'da qiladi! Ajoyib!
Kolarbyn Ecolodge mehmonxonasi 12 ta ov uychasidan iborat bo‘lib, har bir uycha gulxan bilan isitiladi va uxlash uchun issiq qo‘y terilari bilan jihozlangan. Bu stressdan forig‘ bo‘lish va zamonaviy hayotning “ashaddiy” kechishidan ma'lum vaqtga chalg‘ishning ajoyib variantidir.
“O‘rmonda bir necha kun tinchlantiruvchi kunlarni o‘tkazing. Kechasi gulxan oldida o‘tiring. Turli davlatlardan kelgan odamlar bilan tanishing. Albatta, los va qunduz ekskursiyalariga borib ko‘ring. Siz ko‘proq yovvoyi taassurotlarga munosibsiz”. Tan oling, bu chorlov e'tiborni tortmasdan qo‘ymaydi.
“Kolarbyn’dagi ta'til vaqtida omon qolish uchun Timsoh Dandi yoki Rey Mirs bo‘lish shartmas. Sizga biror yordam kerak bo‘lsa, biz sizga har bir qadamda yordam va maslahat berishga tayyormiz”, deb aytmoqdalar kulbalar egalari.
“Qorningiz ochdimi, unda yegulik ortidan ov qilishga yoki uni terishga to‘g‘ri keladi, deb tashvishlanmang. Sizni mazali yeguliklar kutayotgan qulay ombor mavjud!”
Bunday kulbada tunni o‘tkazish 60 yevro turadi. Siz ham bunday sharoitlarda yashagan bo‘larmidingiz?!
Mavzuga oid
00:28 / 16.09.2024
Stokgolmda 2033 yilga borib uy-joy yetishmovchiligi kuzatiladi
23:20 / 12.09.2024
Shvetsiya vataniga qaytishni istagan migrantlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘makni 35 barobarga oshiradi
17:16 / 09.09.2024
Shvetsiyadagi yirik aeroport dronlar tufayli bir necha soatga yopildi
23:52 / 03.09.2024