O‘zbekiston | 17:45 / 03.04.2018
7953
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning chegaralari tutashgan hududi to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonun imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur shartnoma 2017 yil 1 noyabr kuni Samarqand shahrida tuzilgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonun imzolandi.
Mazkur Shartnoma 2017 yil 5 dekabrda Samarqand shahrida tuzilgan edi.
Mavzuga oid
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir shartnoma tasdiqlandi
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
21:01 / 13.03.2024