Jangdan keyin hayotdan ko‘z yumgan bokschi 7 kishining hayotini saqlab qoldi
Hamyurti Dek Spelman bilan jangdan keyin vafot etgan britaniyalik bokschi Skott Vestgartning onasi jurnalistlarga o‘g‘li o‘limidan keyin shifokorlarga uning tana a'zolarini donor a'zolar sifatida qo‘llashga ruxsat berganini so‘zlab berdi. Bu haqda The Boxing Post’ning tvitter akkauntida ma'lum qilindi.
Bokschining tana a'zolari 7 kishining hayotini saqlab qolishga imkon berdi. Vestgart fevralda hayotdan ko‘z yumgan. U so‘nggi jangida hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan, biroq shundan keyin o‘zini yomon his qila boshlagan. Jang davomida ikki bokschi ham nokdaun holatiga tushgan. Vestgart yechinish xonasiga bazo‘r yetib borgan va u yerdan shifoxonaga olib ketilgan. 31 yoshli bokschi miyasiga qon quyilishi sababli hushiga kelmay vafot etgan.