Kim Chen In Koreya yarimoroli bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini ma'lum qildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pekinga tashrifi vaqtida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan muzokaralar davomida Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Yaponiyaning “Nikkey” nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu mavzu Kim Chen Inning Donald Tramp bilan uchrashuvi vaqtida ham ko‘tarilishi mumkin. Shimoliy Koreya yetakchisi Xitoyga 25-28 mart kunlari tashrif buyurgandi. Xitoyga safar Kim Chen In uchun u mamlakatni boshqarishni boshlagan 2011 yildan beri ilk xorijiy safar bo‘ldi.
Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va AQSh ishtirokidagi olti tomonlama muzokaralar Pxenyan tashabbusi bilan 2008 yilda to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
15:07 / 04.09.2024