Jahon | 09:22 / 05.04.2018
34348
2 daqiqa o‘qiladi

London Skripalni zaharlashda ishlatilgan modda manbaini topdi – OAV

Foto: Corporal Pete Brown/AP

Britaniya maxsus xizmatlarining fikricha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan “Novichok” asab-falajlovchi modda qayerda ishlab chiqarilganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Bu haqda Times manbalarga asosan xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar modda manbasini “ilmiy tahlil va razvedka ma'lumoti yordamida” aniqlashning uddasidan chiqishdi. Bu Solsberida Skripal zaharlanganidan bir necha kun o‘tib ro‘y bergan. Gap “Rossiyaning maxfiy laboratoriyasi” haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, manbalarning ta'kidlashicha, 100 foizga ishonchlari komil emas. Shuningdek ta'kidlanishicha, Britaniya maxsus xizmatlari versiyasiga ko‘ra, Rossiya “Novichok”ni sinovdan o‘tkazib, uning yordamida qotillik sodir etish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlamoqchi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot)da Skripal ishi bo‘yicha Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid