Olimlar insonlar yashashi uchun Marsning maqbul hududlarini namoyish qildilar
Niderlandiyalik olimlar Marsni uni zabt etuvchi odamlar yashashi uchun yaroqliligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishdi. Astrogeologlar bunda Qizil sayyorani zabt etuvchi ilk odamlar u yerdagi muz va sayyoradagi tuproqning yuqori qatlami – rigolitdan foydalanishlarini hisobga olishgan.
Ushbu tadqiqot natijasi video orqali tasvirlangan. Videoda qizil va zarg‘aldoq rang bilan qo‘nish uchun yaxshi bo‘lgan, biroq o‘simliklarni yetishtirish uchun o‘ta noqulay, ko‘k va to‘q ko‘k rang bilan esa o‘simliklar yetishtirish uchun qulay bo‘lgan hududlar belgilangan. Dengiz to‘lqini rangi bilan esa ham qo‘nish, ham o‘simliklar yetishtirish uchun maqbul hududlar ko‘rsatilgan.
“Mustamlakalarni qurish uchun ba'zi mukammal yerlar NASA tomonidan qo‘nish hududlari sifatida qo‘llangan”, deb ta'kidlab o‘tganlar Vageningen universiteti mutaxassislari. Olimlar yashash uchun eng maqbul deb hisoblagan hududlar og‘ir metallar bilan zaharlanmagan, o‘rtamiyona radiatsion fon va tekis landshaft bilan ajralib turadi. Biroq aynan shu yerlarda kaliy, temir va kremniyni juda ko‘p miqdorda topish mumkin.
Mavzuga oid
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024
Mask to‘rt yildan keyin odamlar Marsga uchishini e’lon qildi
16:27 / 13.08.2024
Marsda suv topildi, faqat u ancha chuqurda joylashgan
23:38 / 20.12.2023