Sport | 22:42 / 07.04.2018
11278
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda boks davom etmoqda: Jasurbek Latipov jang yakunlanmasdan g‘alaba qozondi

Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining dastlabki jangi bo‘lib o‘tdi. Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shu sababli, C2 jamoalari o‘yinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.

-52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan «Venezuela Caciques» bokschisi Xesus Roxas Jasurbek Latipovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang referesi ilk soniyadanoq Latipov foydasiga hisobni ochdi. Uzbek Tigers jamoasidagi tajribali bokschi raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmay, barcha raundlarda nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Shunga qaramay, har ikkala bokschi ham ancha faol harakatlandi.

Kun.uz muxbirining Termizdan xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili Jasurbek Latipov raqibining diskvalifikatsiya qilingani tufayli g‘alaba qozondi.

Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers»  jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 0:1 ko‘rinishini oldi.

Mavzuga oid