O‘zbekiston | 08:24 / 09.04.2018
20431
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 44,7 foizga oshdi

Foto: kommersant.uz

O‘zbekistonda 2018 yilning ilk choragi – yanvar-mart oylari yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2017 yilning shu davriga nisbatan 44,7 foizga oshdi va 38,03 ming mashinani tashkil qildi. Bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda. 

Shuningdek, 1-chorakda 485 dona yuk mashina ishlab chiqarilgan va bu 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 44,8 foiz kamroqni tashkil qilgan. 2017 yilning ilk choragida 879 dona yuk mashina ishlab chiqarilgandi.

Avtobuslar ishlab chiqarilishi ham 2017 yil 1-choragiga nisbatan 34,1 foiz kam bo‘lgan: 2017 yil 1-choragida 208 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yil 1-choragida bu ko‘rsatkich 137 donani tashkil qilgan.

Shu bilan birga traktorlar ishlab chiqarish 6,1 martaga – 432 donagacha oshgan.  

O‘zbekiston korxonalarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi ko‘rilayotgan davrda 43,5 foizga oshgan va 30,4 ming donani tashkil qilgan. 

Mavzuga oid