Jahon | 17:12 / 10.04.2018
16021
1 daqiqa o‘qiladi

Solsberida Skripallarning ahvoli haqida yangi ma'lumot berildi

Sergey Skripal va uning qizi Yuliya

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanganidan so‘ng olib kelingan Solsberidagi tuman klinikasi vakili Kristina Blanshardning so‘zlariga ko‘ra, ota-bola davolanishning turli bosqichlarida qolmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Har ikki bemor davolanishga yaxshi reaksiya bildirdi, biroq ular turli ahvolda qolmoqda. Hozir biz Yuliyani Solsberidagi tuman shifoxonasidan chiqardik. Yuliya OAVni shaxsiy hayotini hurmat qilishga chaqirdi, hamda men ham uning bu iltimosi haqida eslatmoqchiman», - deya aytib o‘tdi Blanshard.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sergey Skripalning o‘zi ham ancha yaxshi bo‘lib qolgan.

«Garchi u Yuliyadan sekinroq tiklanayotgan bo‘lsada, biz umid qilamizki, u ham kerakli vaqtda shifoxonani tark eta oladi», - deya qayd etib o‘tdi u.

Mavzuga oid