AQShda "Qiyomat kuni samolyoti" havoga ko‘tarildi
Indiana shtatida AQSh oliy rahbariyati, jumladan prezident Donald Trampga mo‘ljallangan mashhur Boeing E-4B Nightwatch havoga ko‘tarildi.
Boeing E-4 Nightwatch'ni "qiyomat kuni" yoki "oxir zamon" samolyoti deb atashadi, zero u yadroviy urush yuzaga kelgan taqdirda, yerdagi boshqaruv tuzilmalari vayron bo‘lgan yoki ziyon ko‘rgan holatlarda AQSh prezidenti, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boshqa a'zolari uchun mo‘ljallangan. "Apokaliptik mashinalar" bir haftagacha havoda parvoz qilishi mumkin. Bortdagi barcha jihozlar yadroviy portlashning ziyon yetkazuvchi omillaridan himoyalangan. Har bir mashina yuzlab kishilarni havoga ko‘tarishga qodir.
To‘rtta E-4B'dan biri bir necha daqiqada parvozga to‘liq shay bo‘ladi. Prezidentning xorijiy safarlari chog‘ida "oxirzamon" samolyoti hamda "yadroviy chemodanli" ad'yutant unga hamrohlik qiladi. Davlat rahbari yoki Pentagon rahbari halok bo‘lgan taqdirda, uning tezda boshqa yuqori lavozimli shaxsga topshirilishi ssenariysi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024