Sport | 12:27 / 11.04.2018
13186
3 daqiqa o‘qiladi

Never give up! Chempionlar ligasi tarixidagi super «kambek»lar

Foto: Getty Images

Yevropa chempionlar ligasi hayratomuz musobaqa. Unda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etilishi mumkin. Shu bilan birga emotsiyalarga boy fantastik o‘yinlar ham tez-tez uchrab turadi. Bu yerda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi.

Kecha «Roma» buni yana bir marta isbotladi. Jamoa «Barselona» bilan o‘yinda Chempionlar ligasi tarixida o‘ta noyob natijalardan birini qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘z navbatida Tribuna.Uz YeChL pley-off bosqichlarida qayd etilgan aql bovar qilmas superkambeklarni yodga olib o‘tishga qaror qildi.

2003-04. «Deportivo»

Chempionlar ligasi tarixidagi eng ajabtovur mavsum deya qaraladigan 2003/04 yilgi mavsumda finalga qadar «Portu» va «Monako» jamoalari yetib borishgan. «Real», «Barselona», ingliz jamoalari va o‘sha davrlarning gegemoni, amaldagi chempioni «Milan» ham hatto yarim finalga qadar yetib bora olmagan. Jamoani chorak finalda. Ispaniya futbolida o‘sha vaqtlarda bo‘rondek paydo bo‘lgan «Deportivo» chiqarib yuborgandi. Aslida birinchi uchrashuvdan so‘ng «Milan» haqiqiy favorit ekanini isbotlagan va yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Deyarli hamma amaldagi chempionning yarim finalga chiqqaniga ishongandi. Birgina «Deportivo»dan tashqari. Tristan, Luke, Valeron kabi yangi yulduzlarni dunyoga tanitgan klub javob uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ammo yarim finalda «Monako» ularga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.

2016-17. «Barselona»

Taqdirning beshafqatligini qarang. Bir yil muqaddam «Barselona»ning o‘zi hali hech bir jamoa uddalay olmagan ishni uddalagandi. O‘yinga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. Chunki shu kuni amalga oshgan ishlarni shunchaki esdan chiqarib bo‘lmaydi.

2017-18. «Roma»

Taqdir hazilini ko‘ringki, bir yil etib endi «Barselona»ni shu ahvolga soldi. «Roma» futbolchilari De Rossi va Manolas birinchi uchrashuvda avtogollari bilan jamoa mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lishgandi. Javob uchrashuvida aynan ular hal qiluvchi gollarni kiritib rimliklar tarixiy natija qayd etishini ta'minladi.

Mavzuga oid