Jamiyat | 13:42 / 12.04.2018
14211
2 daqiqa o‘qiladi

Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy tartibiga bag‘ishlangan risola tayyorlandi 

Fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari, xususan, oila va nikoh munosabatlariga oid huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish, ushbu masalaga oid sud amaliyotini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida “Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy tartibi” risolasi tayyorlandi.

“Oila va nikoh munosabatlarining huquqiy tartibi” risolasi

Mazkur risolada nikoh va oila masalalariga oid ba'zi huquqiy tushuntirishlar qiziqarli infografikalar, jadvallar, sxemalar va rasmlar yordamida aholining keng qatlamlariga tushunarli tilda aks ettirilgan.

Risola oila qurish niyatida bo‘lgan yoshlar, oila qurib yashayotgan er va xotinlar hamda oila va nikoh huquqi bilan qiziquvchi barcha fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu risola mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul tarqatilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.

Mavzuga oid