Jeenbekovdan kutilgan qadam: bosh prokuror ishdan ketdi, adliya vaziri o‘zgardi
Asqarbek Shodiyev Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi xabar bergan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Sooronbay Jeenbekov Shodiyevning iste'fosini qabul qilgan.
Asqarbek Shodiyev Jo‘qorg‘u Keneshning xalqaro bo‘limi sobiq mudiri Arsen Zokirov tomonidan byudjyet mablag‘larini yirik miqdorda talon-toroj etish holati bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruv ishlari sabab o‘z lavozimidan ketishga qaror qilgan.
Shuningdek, Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Indira Joldubayeva bosh prokuror lavozimidan ozod etildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident bosh prokurorni Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari umumiy sonining kamida yarmi roziligi bilan ishdan bo‘shatishi mumkin. Iste'fo uchun JKning 105 deputati ovoz bergan bo‘lsa, 2 nafari qarshi chiqdi. Indira Joldubayeva bosh prokuror lavozimini 2015 yilning 28 yanvar kuni egallagandi.
Bundan tashqari, Sooronbay Jeenbekov Aynur Abdildayevani adliya vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Undan avval bu lavozimni egallagan Uran Axmetov 2 aprel kuni iste'foga chiqdi. Adliya vaziri bir necha marta parlamentda tanqid ostiga olingandi. So‘nggi mojaro esa, Uran Axmetov hujjatlarni xato bilan taqdim etgani tufayli ro‘y berdi.
Aynur Abdildayeva bundan avval Adliya vazirligi stats-kotibi sifatida ishlagan.
Shuningdek, Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Murat Mukambetov hukumat apparati rahbari – Qirg‘iziston Respublikasi vaziri etib tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining avvalgi rahbari Nurxanbek Momunaliyev mart oyi o‘rtalarida iste'foga chiqqandi.
Mukambetov bosh vazir apparatida 2003 yildan beri ishlab keladi. 2012 yilda hukumat apparati rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024