«Tramp prezident bo‘lishga ruhan to‘g‘ri kelmaydi»
FTB sobiq rahbari Jyeyms Komining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallash uchun «ruhan to‘g‘ri kelmaydi». Bu haqda u ABC News’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Men u tibbiy jihatdan prezident bo‘lishga qodir emas, deb o‘ylamayman. Mening fikrimcha, u prezident bo‘lishga ruhan to‘g‘ri kelmaydi», - deya ma'lum qilgan Komi.
Komining jurnalist savoliga qaytargan javobida tasdiqlashicha, Trampni yolg‘onchi deb hisoblaydi, sababi AQSh yetakchisi dalillarga e'tibor qaratmayapti. U misol tariqasida Trampning o‘z inauguratsiya marosimida avvalgi prezidentning lavozimga kirishish vaqtidan ko‘ra ko‘proq odamlar bo‘lgani haqidagi bayonotini keltirgan. Bu, Komining fikricha, yolg‘on narsadir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eshitgach «portlagani» xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020