G7 davlatlari Rossiyani Skripal ishi bo‘yicha savollarga “darhol” javob qaytarishga chaqirdi
“Katta yettilik” TIV rahbarlari qo‘shma bayonot bilan chiqishdi, unda Rossiya Solsberidagi hodisa bo‘yicha savollarga javob berishga chaqirilgan. Tegishli bayonot Kanada tashqi siyosat idorasi tomonidan tarqatildi.
"Katta yettilik" Buyuk Britaniyaning Rossiya GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishiga aloqador ekani bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
"Biz Rossiyaning Britaniya hukumati qonuniy murojaatlariga javob berishdan bosh tortayotganini qoralaymiz, bu Rossiya tomoni mas'uliyatidan yana bir bor darak beradi. Biz Rossiyani Solsberidagi hodisaga aloqador barcha masalalarga zudlik bilan javob qaytarishga chaqiramiz", - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, "Katta yettilik" diplomatik idoralari Moskvani KQTT mutaxassislariga “avval oshkor etilmagan “Novichok” dasturi haqida darhol ma'lumot berishga” chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTT Skripalni nima bilan zaharlashganini aniqlagandi.
Mavzuga oid
21:12
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
20:07
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:47
AQShdan o‘g‘irlangan va hanuz ishlab chiqarilayotgan «Buxanka»
18:42