«O‘zbekoziqovqatxolding» gilos eksporti narxlari oshirilishini izohladi
«Kun.uz» saytida «O‘zbekiston gilos eksporti xavf ostida (mi?)» sarlavhasi ostida gilos mevasi eksporti mavsumiga bag‘ishlangan tahliliy maqola e'lon qilingan, unda «O‘zagroeksport» aksionerlik jamiyati tomonidan bu yilgi eksport narxlari, mamlakatimiz eksporti tizimidagi ayrim muammolar tahlili bayon etilgandi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan «O‘zbekiston gilos eksporti xavf ostida(mi?)» sarlavhasi ostidagi maqolaga munosabat bildirildi.
O‘zbekiston meva va sabzavot mahsulotlari eksporti bo‘yicha jahonda yetakchi pozitsiyalarni egallash uchun barcha sharoitlarga ega hisoblanadi. Mamlakatda o‘z yerini ardoqlovchi mehnatkash xalq yashaydi. Iqlim katta miqdorda turfa xil meva va sabzavotlarni yetishtirish uchun qulay.
Bu yil biz meva va sabzavot mahsulotlari agrar sektori rivojining yangi strategiyasini amalga oshira boshlaymiz. U ikki asosiy maqsadga ega.
Birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kuchli energiya bilan to‘ldirish. Ular ajoyib sifatli mahsulotlarni yetishtirishadi. Bizning mahsulotlarimizga xos bo‘lgan xususiyatlar butun dunyoda talabgirdir. Biz 100 foiz ekologik sof mahsulot yetkazamiz, ko‘p xalqaro agrariyalar tabiiy cheklovlar darajasiga erishish uchun katta kuch sarflaydi, bizda esa bu allaqachon bor.
Meva va sabzavotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilari hanuz dehqon xo‘jaliklari hisoblanadi. Ular qoidaga ko‘ra, u qadar katta bo‘lmagan yer uchastkalarini qayta ishlashadi va o‘z hosilini mustaqil ravishda eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmaydi. Shu bois uni olibsotarlarga sotib yuborishadi. Aynan ular o‘z didi va tajribasidan kelib chiqib, xarid narxini shakllantirishadi.
O‘tgan yillar tajribasi bunday narx belgilash doim ishlab chiqaruvchilar manfaatiga zid ekanini ko‘rsatmoqda. Ular arzimagan pullarga ega bo‘lishadi, asosiy daromad esa vositachilar cho‘ntagiga tushadi. Biroq vositachilar bu pullarni meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish sohasi rivoji uchun sarflashmaydi, zero ular bundan manfaat ko‘rishmaydi. Investitsiyalar ishlab chiqaruvchilarga o‘z maydonini kengaytirish, hosilni ko‘paytirish, shuningdek, yirik, badavlat va mustaqil ishlab chiqaruvchiga aylanish imkonini beradi.
Agar shunday bo‘lsa, olibsotarning xizmatlariga hojat qolmaydi, ishlab chiqaruvchi o‘z hosilini o‘zi sotish imkoniga ega bo‘ladi. Chayqovchilar ishsiz qoladi yoki ularning o‘zi ishlab chiqaruvchilar qatoriga qo‘shilishiga to‘g‘ri keladi.
Biz, aksincha, yer egalari sonini ko‘paytirmoqchimiz. Axir, shuning uchun xarid narxlarini sezilarli darajada oshirdik. Qo‘shimcha daromad ishlab chiqaruvchilarga o‘z ishini rivojlantirishda strategik masalalarni hal qilish - yer uchastkalarini kengaytirish, ko‘proq ko‘chat va o‘g‘itlar, mexanizmlar va boshqa foydali narsalarni xarid qilish imkonini beradi.
Biz amalga oshirgan yana bir xayrli ish - har qanday toifa va navdagi mahsulotni olishimiz haqida e'lon qildik. Olibsotarga esa buning keragi yo‘q, unga eng yaxshisi kerak - olibsotarlar eng yaxshisini olib, eksport qilishga odatlanishgan. Ishlab chiqaruvchi qolgan meva-sabzavotlarni qayerga qo‘yishni bilmaydi. Yoki biladi, lekin yetishmovchilik sabab buni o‘ziga ep ko‘ra olmaydi. Yaqin-yaqinga qadar hosilning deyarli yarmi yo‘qqa chiqar edi. Biz shuningdek faqat qayta ishlashgagina yaroqli bo‘lgan mahsulotlarni ham xarid qilamiz. Buning hisobiga ishlab chiqaruvchining hosil ortidan yo‘qotishlari kamayadi va sifatsiz mahsulotni sotish yo‘lini izlashdek bosh og‘riqdan qutuladi.
Meva va sabzavotchilik sohasini rivojlantirishdagi ikkinchi muhim vazifa - to‘g‘ri va samarali sotuvlarni yo‘lga qo‘yish. Eksport pozitsiyalari daromadlarini oshirish va butun dunyo iste'molchilarida bizning mahsulotimizga doir ijobiy imijni shakllantirish. «O‘zbekistonda yetishtirilgan» - yuqori sifatli mahsulot kafolati bo‘lishi kerak.
Hozir meva va sabzavotlar eksporti xaotik tartibga ega. Turli mintaqalarga yetkazish bo‘yicha logistikalar yo‘lga qo‘yilmagan. Yetkazib berish hajmi «bobom aytganidek» tamoyiliga ko‘ra taqsimlanadi - meva-sabzavotlar ortilgan yuklar goh Sibirga, goh Moskvaga yo‘llanadi. Shuning uchun biz ko‘pincha bir geografik nuqtada bozorning haddan ortiq to‘lib ketishini kuzatamiz. Yetkazib beruvchilarimiz bunday vaziyatda o‘zlari narxlarni tushirishadi. Tez buziluvchi tovarlarini shoshilinch sotib, katta yo‘qotishlarni qayd etishadi.
Bizning meva va sabzavotlarimiz yetkazib beriladigan asosiy bozor hanuz Rossiya edi, mahsulotlarimizning katta qismi shu mamlakat bozorlarida sotilardi. Bizning mashinamiz bozorga borganida u yerda uni muayyan bozordagi sotuv narxlari va shartlarini belgilovchi, vaziyatni nazorat qiluvchi olibsotarlar kutib olishardi. Yetkazib beruvchilarimizning ularga sotishdan boshqa chorasi yo‘q, ular o‘zining sifati tez buziluvchi tovarini har qanday sharoitlarda sotishga majbur.
Ushbu tor doiradan chiqish uchun biz zamonga hamnafas ravishda sotishimiz kerak. To‘g‘ri logistikani yo‘lga qo‘yish uchun uzagrotorg.com sayti ochildi. Uning yordamida har qanday sotuvchi uyida o‘tirib, real vaqt rejimida turli shaharlar bozorlaridagi narxlarni tekshirishi va shu bilan birga, yo‘lga chiqqanidan so‘ng ham o‘z yuki yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Shundan keyin biz meva va sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlashni yo‘lga qo‘yamiz. Bir martalik plastik konteynerlar yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi - butun quti yo‘qolmaydi, faqat konteyner bilan cheklangan mahsulot. Bundan tashqari, restoranlar, kafe va elita do‘konlar egalari uchun bunday qadoqlarni olish juda qulay. Konteynerlar Uzagro milliy brendi tushirilgan karton qutilarga qadoqlanadi va barcha riteyllarda qabul qilinuvchi yevropaletlarga yuklanadi.
Biz sarxil meva va sabzavotlarimiz sotuvlarining katta oqimini chakana tarmoqlarga va hozir yangi bozorlarni o‘zlashtirgandan ko‘ra yaxshiroq yo‘naltirishimiz kerak. Xitoy, Janubiy Koreya, Arab amirliklarida bizning mahsulotlarimiz shu yilning o‘zidayoq Rossiyadagidek odatiy qabul qilinishi kerak.
Biz raqobatdan qo‘rqmaymiz, mahsulotlarimiz sifatiga ishonamiz. Hozirning o‘zidayoq meva va sabzavotlarimizning eksport hajmi jahon eksportida yetakchi pozitsiyalarni egallamoqda. Gilos eksporti bo‘yicha biz dunyoda beshinchi o‘rindamiz, o‘rik eksporti bo‘yicha - uchinchimiz, xurmo eksporti bo‘yicha esa - to‘rtinchi. Bizning olxo‘rilarimiz, uzum, anorlarimiz dunyoning turli mamlakatlari do‘konlarida oson tanila boshlashi kerak.
Meva va sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi bizga narxlarni shakllantiruvchi eksportchi bo‘lish imkonini beradi. Shuning uchun eksport narxlari oshirildi. Yaqin kunlargacha bizning aksariyat eksport pozitsiyalarimiz byudjyet va ultrabyudjyet jabhalarni egallagandi. Biroq bir xil yoki hatto yomonroq sifatda ham, ayniqsa ekologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, meva va sabzavotlarni eksport qiluvchi mamlakatlarning mahsulotlari nisbatan yuqori narxlarda savdo qilinadi. Buning sababi nimada? To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan marketingda. Masalan, Yangi Zelandiya - ajoyib tabiatli jannatmakon joy imijini shakllantiruvchi uzoq mamlakat. Ha, O‘zbekistonda gilos byudjyet emas. Biroq u - faqat quyosh va dehqonning mehnati yordamida yetishtirilgan haqiqiy tabiat in'omi. Bugungi kunda sog‘lom ovqatlanish har qachongidan-da dolzarb. Hamma iste'mol qilayotgani mahsulotining sifatiga e'tiborli va uning qayerdan ekani, nimadan iborat ekaniga qiziqadi.
Meva va sabzavot mahsulotlari sotuvlari bo‘yicha faoliyatning standart sxemasiga rioya qilar ekanmiz, Rossiyaga sotuvlarning muayyan hajmi kamayishi mumkin, biroq biz jahon bozoriga chiqamiz. Shu bois valyuta daromadi baribir oshadi. Bu esa davlatga mamlakat ichidagi turmushni yaxshilash uchun yanada ko‘proq sotish, shunga yarasha daromad topish va qo‘shimcha foyda keltirishga yordam beradi.
«Kun.uz» gilos mavsumidan so‘ng «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi mutasaddilari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Mavzuga oid
08:58 / 30.05.2024
O‘zbekistonda gilos hosili rekord darajada kechikmoqda - EastFruit
11:38 / 18.07.2022
O‘zbekiston Rossiyaga 12,5 ming tonna gilos yetkazib berdi
20:34 / 29.06.2022
Yaponiyada bir hovuch gilos 4440 dollarga sotildi
07:28 / 16.06.2022