O‘zbekiston | 21:34 / 17.04.2018
17026
6 daqiqa o‘qiladi

Mirzacho‘l tumanida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha nimalar qilinmoqda? 

Joriy yilning 7 aprel kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining sayyor yig‘ilishi  o‘tkazildi.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Topshiriqqa asosan, 7-15 aprel kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani G‘alaba MFYda “Obod qishloq” dasturi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan:

- uyma uy yurilib, komissiya a'zolari 2000dan ziyod muammoni o‘rgandi. Hal etish bo‘yicha mahalliy yo‘l xaritasi tuzildi.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Hududdagi uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun 2 ta bo‘sh turgan yerda 160 ta namunaviy arzon uy-joylar qurish uchun yer ajratildi. Birinchi hududda quriladigan 112 ta uy 8 ta pudratchi qurilish tashkilotiga taqsimlab berildi. 

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

15 aprel holatiga 120 ta uyda yer ishlari bajarilib, transheya qazildi. Beton-fundament ishlarini bajarish uchun zarur shag‘al va sement mahsulotlari peshma-pesh keltirilmoqda. Ayni vaqtda 24 tonna sement va 14 ta mashinada qum-shag‘al keltirildi. Bundan tashqari Forish tumanidagi kar'yerdan temir yo‘l orqali 20 ta vagonda beton qorishmalariga mo‘ljallangan shag‘al keltirildi.

Qurilish va ta'mirlash ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 450 nafar harbiy xizmatchilari, 200 nafar shaxsiy tarkibi va 15 ta texnikalari jalb etilgan. Uch smenada ish olib borilmoqda.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Elektr ta'minoti sohasida 5,5 km uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta transformator punktlarini yangi qurish;

- 18,3  km  uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punktlarini rekonstruksiya qilish;

- 9,9 km  uzunlikdagi kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 5 ta transformator punktlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirildi.

Shu kungacha 1 km tarmoq rekonstruksiya qilinib, 32 ta ustunlar demontaj qilindi.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

suv ta'minotini yaxshilash maqsadida 8,9 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan o‘tkaziladi. Hozirda suv tarmog‘ini tortish uchun texnik tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

1 km kanalizatsiya tarmoqlari qayta ta'mirlash, 2,7 km yangi tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 240 metr eski tarmoqda tozalash ishlari olib borildi.

sizot suvlari sathini pasaytirish maqsadida 27,6 km masofadagi kolektrlarni qazish zarur bo‘lib, 1,8 km qismida qazish ishlari bajarildi.

gaz ta'minoti 5 km gaz quvurlarini ta'mirlash, bo‘yash, 27 ta gaz taqsimlash punktini va 1800 ta gaz uskunalarini taftish qilish rejalashtirilgan bo‘lib,  48 ta gaz uskunalari taftish qilindi va O‘zbekiston MFYdagi 11,3 km gaz quvurlari  demontaj qilindi. 

yo‘l qurilishi sohasida mahalladagi mavjud 16,6 km yo‘llardan 10,3 km qismiga asfalt qoplamasi yotqiziladi.

yo‘llarni ta'mirlash uchun Chimqo‘rg‘on kar'yeridan temir yo‘l orqali 105 ta vagonda 7200 tn qum-shag‘al aralashmasi keltirildi. 

717 metr uzunlikdagi eski lotoklar qazib olinib, yangi lotok o‘rnatish uchun joylari tayyorlandi. Hozirgi vaqtga qadar 240 metr uzunlikdagi yangi lotoklar keltirildi.

36 ta ta'mirtalab uylarning 20 tasini tom qismidagi eski  shiferlari olinib, yangi shifer o‘rnatilmoqda. Bugungi kungacha jami 18,6 tn sement,  7754 ta shifer, 380 kg mix, 2000 metr reyka, 5,5 tn ohak va boshqa materiallar keltirildi.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Tuman bo‘yicha jami 279 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, shundan 118 nafari “G‘alaba” MFY fuqarolari hisoblanadi. Ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining chorva mollarini parvarishlash uchun 100 ta qoramol va 100 ta qo‘y boqishga mo‘ljallangan chorva kompleksi qurish ishlari boshlandi.

Imtiyozli kredit asosida qoramol olish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. 200 o‘rinli tikuvchilik sexi tashkil etish bo‘yicha joy tayyorlanib, ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Ayni vaqtda, tumandagi Qishloq xo‘jalik kolleji bazasiga 18 ta tikuv mashinalari keltirilib, xotin-qizlarga tikuvchilik kurslari o‘tkazilmoqda. Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 341 ta ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan 20 ta loyiha ishlab chiqilib, loyiha egalari bilan ishlanmoqda.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Bugungi kungacha jami 638 nafar, shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 71 ta kasallik aniqlangan shaxslarga ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi. 2 ta  nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 ortopedik mahsulotlar olib berildi, 4 nafar fuqaro tuman kasalxonasiga davolanishga yotqizildi.

325 ta cho‘pkari (barak) uyda yashovchi xonadon egalariga  texnik kadastr hujjati tayyorlab berildi. 36 ta ko‘p qavatli uy atrofidagi 878 ta hojatxona tozalandi va dezinfeksiya qilindi, 242 ta hojatxona o‘rasi tozalab olindi. Ko‘chalar oralig‘i uzoq yillar davomida to‘planib qolgan 2051 tn.dan ortiq mahalliy chiqindilardan tozalandi, ko‘p qavatli uylar atrofiga 15 ta tandirxona va 7 ta hojatxona qurish ishlari boshlandi. Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” fondi tomonidan barcha ko‘chalarda “Obod qishloq” dasturi doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

Mavzuga oid