O‘zbekiston | 23:10 / 17.04.2018
39687
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlarga hayfsan berildi

Foto: Kun.uz

Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga majburiy mehnat holatlari bo‘yicha faktlarni berkitishgani va holatni ochiq bayon qilishmagani uchun hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan hududlarda ta'lim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari oldini olishga bag‘ishlangan videoselektorda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ikki vazirdan tashqari XTB boshliqlari ham intizomiy jazoga tortilgan.

Ishga mas'uliyatsizlik bilan qaragani, xodimlarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yib bergani Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev qat'iy ogohlantirildi, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevga nisbatan hayfsan e'lon qilindi. 

Shuningdek, Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Yo‘ldoshevga, Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Burxonovga ta'lim sohasi vakillarini obodonlashtirish va o‘z majburiyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishgani uchun hayfsan e'lon qilingan.

Bundan avvalroq hokimlarga hayfsan va ogohlantirishlar berilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid