SpaceX ekzosayyoralarni «ovlovchi» teleskopni fazoga uchirdi
AQShning SpaceX kompaniyasi Floridadagi kosmodromdan ikkinchi urinishda TESS kosmik teleskopiga ega bo‘lgan Falcon 9 raketasini uchirdi. Missiyaga Toshkent vaqti bilan soat 3:51da start berilgan.
Teleskop Quyosh tizimi tashqarisida tranzitlar usuli bilan sayyoralarni qidirishga mo‘ljallangan. Rejaga ko‘ra, TESS avvaldan tanlab olingan 200 ming yulduz yorqinligini o‘lchaydi va ularning har biridan nurni ikki soniya davomida yig‘adi. Teleskop Quyosh atrofidagi 200 mingdan ortiq yulduzni tadqiq qilib, ekzosayyoralar uchun 1500 dan ko‘proq yangi nomzodlar katalogini yaratadi. Ular haqiqatdan ham bor ekanini esa keyinchalik boshqa uslublar bilan isbotlash talab etiladi.
Qayd etilishicha, TESS deyarli butun osmonni kuzatadi. Missiya vazifalari 2006 yilda qo‘yilgan. 2013 yilda esa NASA qiymati 337 mln dollar bo‘lgan missiya loyihasini amalga oshirishga kirishgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 25.10.2024
Crew Dragon-8 kosmik kemasi XKSdan muvaffaqiyatli qaytib keldi
22:13 / 24.10.2024
SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam beradi
21:00 / 15.10.2024
SpaceX kompaniyasi Starlink uchun yana 43 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
19:30 / 13.10.2024