Jamiyat | 17:02 / 19.04.2018
13337
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 7 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi, ulardan biri vafot etdi

Foto: Depositphotos

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro O.D. 2017 yilning mart oyida “Aviasozlar” bozoridagi notanish sotuvchidan 3 xil turdagi 18 kg qo‘ziqorin sotib olgan, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

O.D. qo‘ziqorinlarni kuz-qish mavsumida iste'mol qilish uchun uy sharoitida konservalab saqlab qo‘yadi.

Sentyabr oyida, aniqrog‘i 12 sentabr kuni fuqaro O.D. konservalangan qo‘ziqorinlarni bir qismini “Oloy” bozorida sotadi. Aynan shu kundan Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutiga ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan bemorlar kela boshladi. Jami 7 nafar bemor davolanish uchun kelib, ulardan bir nafari – M.K. og‘ir zaharlanish bilan vafot etgan.

Yashnobod tuman sudining mazkur tumanda joylashgan 61-sonli maktabda o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida fuqaro O.D. bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.

Jabrlanuvchilarning da'vosi yo‘qligi va boshqa yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib sudlanuvchiga nisbatan tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yilu 6 oy sinov muddatiga almashtirildi.

Mavzuga oid