Fan-texnika | 12:01 / 21.04.2018
6503
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi eng yirik mobil operatorlar o‘zaro til biriktirishda gumonlanmoqda
AQSh Adliya vazirligi to‘rtta eng yirik mobil aloqa operatorini o‘zaro til biriktirishda gumonlamoqda. Bu haqda CNBC o‘z manbalariga asosan xabar berdi.
Ularning ma'lumotiga ko‘ra, mahkama joriy yilning fevral oyida AT&T, Verizon, T-Mobile va Sprint operatorlariga xat yuborgan.
Adliya vazirligining gumoniga ko‘ra, ular operatorni SIM-kartasiz o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiyalar bozorga kirib kelishiga xalaqit berish maqsadida o‘zaro til biriktirgan.
The New York Times ma'lumotiga ko‘ra, surishtiruv ishlari mobil qurilma ishlab chiqaruvchilaridan biri va operatorlardan biri shikoyat bilan chiqqanidan so‘ng boshlangan.
Mavzuga oid
23:04
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
21:59
Google Play do‘konidan «Kasperskiy» antiviruslari o‘chirib tashlandi
17:53
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
22:33 / 07.10.2024