Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekistonda tantanali kutib olindi
Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev, qator madaniyat xodimlari va Xorazm viloyatining xokim o‘rinbosari bilan birgalikda Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyani chegara hududda tantanali kutib olishdi.
Turkmanistondan tashrif buyurgan ijodkorlar, san'at ustalari va raqqosalar o‘zbek an'analariga mos ravishda non va shirinliklar bilan kutib olindi. Xorazm ansambl jamoasining sho‘x qo‘shiqlariga esa, mehmonlar birgalikda zavq olib, shodon raqsga tushishdi.
Eslatib o‘tamiz: Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan keladi. Prezidentlar poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borib, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.
Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» yodgorligi, Xivadagi «Ichan qal'a» majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024
Turkmaniston O‘zbekistondan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi – OAV
16:03 / 15.08.2024
Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi. Ular tugab qolgani aytilmoqda
20:55 / 01.08.2024