Jahon | 21:40 / 23.04.2018
10712
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston bosh vaziri lavozimida Sargsyanning o‘rnini kim egallashi ma'lum bo‘ldi 

Foto: Yerevan.Today

Armaniston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Karen Karapetyan bosh vazir lavozimini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlangandan keyin e'lon qilindi.   

Karapetyan bu lavozimni avval ham, Sargsyanning saylanishi oldidan, 2016 yil sentabrdan 2018 yil 17 aprelgacha egallagan.

Serj Sargsyan mamlakatda uning bosh vazir lavozimiga saylanishiga qarshi namoyishlar boshlangandan 10 kun o‘tib, 23 aprelda bu lavozimdan ketishini ma'lum qildi. “Yuzaga kelgan vaziyat bir nechta yechimga ega, men ulardan birortasiga to‘g‘ri kelmayman. Bu meniki emas. Men mamlakat rahbari, bosh vazir lavozimini tark etaman”, deb aytgan Sargsyan.

Mavzuga oid