Jahon | 17:10 / 23.04.2018
10076
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston mudofaa vaziri bayonot berdi, Yerevanga armiya kiritilishi mumkin

Foto: yerkramas.org

Armaniston mudofaa vaziri Vigen Sarkisyan mamlakatda norozilik aksiyalari tufayli favqulodda holat rejimi joriy etilmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda «Yerkramas» xabar berdi.

«Bizning qonunchilik armiya shunday jarayonlarga jalb etilishi mumkin bo‘lgan holatlarni batafsil belgilab bergan. Buni, faqatgina bir holatda, agarda favqulodda holat joriy etilsa qilish mumkin. Mening niyatim, hamda ishonchim komilki, hamyurtlarimizning niyati, - favqulodda holat rejimini joriy etishga hozir ham, keyin ham ehtiyoj paydo bo‘lmasligida. Qonunchilikda bunday chora qo‘llanilishi mumkinligi yozib qo‘yilgan, biroq biz umid qilamizki, bu ro‘y bermaydi», - deya ma'lum qildi Sarkisyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qonunchiligi bunday vaziyatlarda qurolli kuchlarni jalb etish jarayonini aniqlashtiradi.

«Bu aniq vazifalarni bajarish uchun faqat favqulodda holat rejimida, tegishli rejimni saqlab qolish uchun kuch sifatida», - deya aniqlik kiritdi Sarkisyan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston MXX mamlakatda teraktlarning oldi olingani haqida ma'lum qilgandi

 

Mavzuga oid