Pashinyan ozodlikka chiqarildi
Armaniston muxolifati rahbari, parlament deputati Nikol Pashinyan Yerevandagi qamoqxonadan ozod qilindi.
«Barcha qo‘lga olinganlar ozod qilinishi kerak. Keyingi qarorlar endi qabul qilinadi. Kechqurun men mitingda chiqish qilaman», - degan jurnalistlarga Pashinyan. Qayd etilishicha, u bilan birga qo‘lga olingan deputatlar - Ararat Mirzoyan va Sasun Mikayelyan ham ozod etilgan.
13 aprel kuni Yerevanda mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirlikka saylanganiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. 17 aprel kuni namoyishlar yangi bosqichga chiqdi va boshqa shaharlarga ham tarqaldi.
Yakshanba kuni Yerevanda politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y berdi, shu kuni kechqurun 100 ming kishi ishtirokida miting uyushtirildi.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024