Buxoroda «Milliy o‘yinlar festivali» o‘tkazildi
Buxoro shahrining «Ark» qo‘rg‘oni maydonida «Milliy o‘yinlar festivali» bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Facebook'dagi sahifasida shu haqida xabar berildi.
Festivalda Buxoro shahri va viloyatlar aholisi, kollej va umumta'lim maktablar o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xalq o‘yinlari hamisha kishilarga shodlik, quvonch ulashib kelgan. Festivalda ham xuddi shunday ko‘plab o‘zbek milliy o‘yinlari tashkil etilib, ularda g‘olib chiqqan ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Milliy o‘yinlar festivali charchoqni yozish, ko‘ngildagi g‘uborni ketkazish, hordiq chiqarish, milliy urf-odatlar va an'analarni saqlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, Buxoro shahrida tashkillashtirilgan Milliy o‘yinlar festivali va uning doirasidagi madaniy tadbirlar xorijiy sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024