Dubaydagi Queen Elizabeth II layneri bortida 244 ta nomerli mehmonxona ochildi (fotojamlanma)
Dubaydagi Britaniya qirollik layneri bortida 244 ta nomer, restoranlar, do‘konlar, kinoteatrlar, kazino va golf maydoniga ega besh yulduzli mehmonxona ochildi.
Kema restavratsiyasida dizaynerlar maksimal darajada qadimiy mebel va boshqa original detallarni saqlab qolishga harakat qilishgan, shu bilan birga, kema eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bort restoranlaridan birida 1969 yilgi retseptlar bo‘yicha Britaniya taomlari sotiladi.
Queen Elizabeth II 1967 yilda suvga tushirilgan, o‘shandan buyon u mashhur kishilar va monarxlar ko‘p marta sayohat qilgan dunyodagi eng mashhur sayyohlik layneri hisoblangan.
Kema faoliyati to‘xtaganidan so‘ng CFC mehmonxonalar tarmog‘i kemani sotib olib, uni BAAga yo‘llagan.
Kema modernizatsiyasiga 10 yil va 500 million dollar sarflangan.
Mavzuga oid
12:15 / 21.08.2024
Kongoda bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi
09:20 / 27.04.2024
Yaman husiychilari Qizil dengizdagi kemalarga yana hujum qildi
12:44 / 08.04.2024
Yaman qirg‘oqlari yaqinida yana ikkita kema hujumga uchradi
23:36 / 26.03.2024