Jahon | 09:22 / 24.04.2018
17531
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya: Rossiya samolyotlari harbiy kemalarimizga 8 marta yaqinlashdi
Fransiya harbiy-dengiz kuchlari shtabi rahbari admiral Kristof Prazyukning ma'lum qilishicha, so‘nggi sakkiz oyda Rossiya samolyotlari Fransiya harbiy kemalariga sakkiz marta yaqinlashdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«So‘nggi sakkiz oy davomida shunday turdagi harakat sakkiz marta amalga oshirildi», - deya aytib o‘tdi Prazyuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Suriya qirg‘oqlari yaqinida to‘xtab turgan Fransiya fregati haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian Suriya AQSh, Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning zarbalaridan so‘ng kimyoviy qurolni ishlab chiqara olmaydigan holatga kelgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
01:07
Rossiyada bolali bo‘lgan maktab o‘quvchilariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berish taklif etildi
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
20:55 / 26.09.2024