Jahon | 11:31 / 26.04.2018
19546
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

AQSh harbiy-havo kuchlari Minuteman III qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Indepthnews portali.

Xabarda aytilishicha, raketa Vandenberg harbiy bazasidan 25 aprel kuni ertalab uchirilgan. Ta'kidlanishicha, raketa harbiy obektga yaqin yerda istiqomat qiluvchi oddiy fuqarolarni ogohlantirmasdan turib uchirilgan.

Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, raketa jangovar qism bilan jihozlanmagan bo‘lgan. Portal ma'lumotiga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan, Minuteman III asosiy qismi belgilangan obektni aniq nishonga oldi.

2017 yilda ham Minuteman III raketasi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. O‘shanda ham bu jarayon jangovar zaryadsiz o‘tkazilgan.

Mavzuga oid