Sarimsoqning yana bir foydali xususiyati ma'lum qilindi
Britaniyaning Nottingem universiteti olimlari sarimsoqning iste'mol qilinishi saratonning ba'zi turlari, yurak-tomir kasalliklari va ikkinchi turdagi qand kasalligining rivojlanishi xavfini kamaytira olishini aniqlashdi.
Sarimsoqning foydasi uni tayyorlash usuliga ko‘ra o‘zgaradi, biroq olimlar bu usullardan qaysi biri eng yaxshisi bo‘lishi haqida bir xulosaga kelishmagan.
Olimlarning aytishicha, sarimsoqning oltingugurt saqlovchi komponentlari hujayra va to‘qimalarda gazsimon moddalar signal molekulalarining miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu molekulalar fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni keltirib chiqaradi.
“Bu sohada kasalliklar xavfini kamaytirish usullarini topish va inson sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun katta maydon qolmoqda”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Piter Rouz.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024