Jahon | 16:02 / 29.04.2018
51865
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay aeroportida 8 oylik bola ishga olindi

Bir qarashda bu yangilik ko‘pchilikka ijobiy kayfiyat ulashadigandek: suratda 8 oylik Muhammad Al-Hoshimiy — Dubay Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘g‘li va tarixdagi eng yosh ishga olingan xodim. Bolakay uchun maxsus mutaxassislik o‘ylab topishdi - "baxt bo‘yicha mutaxassis".

Bolakay aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi, biroq u aksariyatda norozilik kayfiyatini uyg‘otdi va birozdan so‘ng o‘chirib tashlandi.

Foto: Videodan kadr

Noodatiy bandlik shakliga hatto Abu-Dabi prokuraturasi ham qiziqish bildirdi - ayni damda prokuratura bandlikning bunday ko‘rinishi qanchalik qonuniy ekaniga doir tergov ishlarini olib bormoqda.

 

Mavzuga oid