O‘zbekiston | 12:15 / 30.04.2018
28269
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanidagi maktab chiqindixonasi yonida qo‘l granatasi topildi

Bugun soat 8:44da «102» telefon raqamiga Toshkent shahar Sergeli tumani 6-sonli umumta'lim maktabining chiqindixonasi yonida qo‘l granatasiga o‘xshash predmet topilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda qora rangli, «Uchebnaya» yozuvli mashq qo‘l granatasini aniqlashgan. 

Hozirda ushbu qurilmaning qanday qilib tegishli o‘quv binosidan tashqariga chiqib qolgani sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid