O‘zbekiston | 15:03 / 30.04.2018
46220
1 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva Turkiya birinchi xonimi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva dushanba kuni Turkiya yetakchisining rafiqasi Amina Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya birinchi xonimi bu haqda Twitter’dagi o‘z sahifasida yozgan.

«O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashdik. Samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur», - deya yozdi Amina Erdo‘g‘an.

Foto: Twitter/EmineErdogan

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Poytaxt aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov mehmonni kutib olgan.

Mavzuga oid