O‘zbekiston | 17:27 / 01.05.2018
26960
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'at a'zolari tasdiqlandi 

Foto: Xushnudbek.uz

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi 313-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'at a'zolari tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi to‘g‘risida nizomga hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay'atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 19 oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati a'zolarining soni 9 (to‘qqiz) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. Madjidov Inom Urishevich – Vazir
2. Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich – Vazirning birinchi o‘rinbosari
3. Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich – Kasb-hunar ta'limi markazi direktori –vazirning birinchi o‘rinbosari 
4. Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich – Vazirning fan bo‘yicha o‘rinbosari
5. Inoyatov Mirabbos Mirkomilovich – Vazir o‘rinbosari
6. Xoliqov Abduvali Jonizoqovich – Kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i
7. Niyazbekov Saidmurad Saidrasulovich – Yangi dasturlar va o‘quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i
8. Bazarov Otabek Xasanboyevich – Ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i
9. Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich – Toshkent davlat texnika universiteti rektori

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid