Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inga maxsus fleshka bergan
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvda unga broshyura va ichida yangi iqtisodiy tuzilma rejasi bo‘lgan fleshkani topshirdi. Bu haqda “Chunan ilbo” gazetasi Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatiga asosan xabar qilmoqda.
Fleshkada Koreya yarim oroli iqtisodiyoti Shimol va Janubning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan qanday rivojlanishi mumkinligiga doir taqdimot bor. Nashr xabariga ko‘ra, gap Janub va Shimolning Shimoliy Koreya yadrosizlanganidagi hamkorligi haqida ketyapti. Loyiha tafsilotlari ochiqlanmagan, biroq ma'lum bo‘lishicha, uning bir qismida elektrostansiyalar haqida so‘z yuritilgan, bu esa Janubiy Koreyaning KXDRda energetikani rivojlantirish bo‘yicha takliflarini anglatadi.
Esltib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi uchun joy topgani, u har ikki Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom qurolsizlantirilgan hududda bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:38
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
10:48 / 09.11.2024