O‘zbekiston | 00:44 / 02.05.2018
5952
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashga doir hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya vazirlik hamda idoralari ikki mamlakat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralari yakunlariga ko‘ra jinoyatchilik va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi. 

Xususan, O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni imzolashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Turkiya moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy jinoyatlarni tadqiq qilish qo‘mitasi jinoiy yo‘llar orqali qo‘lga kiritilgan daromadlar va terrorizmni moliyalashtirishga doir operativ ma'lumotlar almashish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolashdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Turkiya Adliya vazirligi ekstraditsiya to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni imzolashdi. 

Mavzuga oid