"O‘zto‘qimachilik" sanoat korxonalari I chorakda 317 million dollarlik mahsulotlarni eksport qildi
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoat korxonalari 2018 yilning birinchi choragida 317 million dollarlik mahsulotni eksport qildi. "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Eksportdagi o‘sish 2017 yilning xuddi shu davriga nisbatan 21 foizni tashkil qildi. Eksportchi korxonalar soni 376 tadan oshdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari yirik iste'molchilari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hisoblanadi. Soha korxonalari dunyoning jami 60 ga yaqin mamlakatiga eksport mahsulotlarini yetkazib beradi.
Eksport tuzilmasida qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushi 50 foizdan oshdi va I yarim yillik yakunlariga ko‘ra, u 56 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
09:40 / 09.09.2024
O‘zbekiston radioaktiv izotopli mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:00 / 07.09.2024