Jahon | 15:40 / 04.05.2018
17294
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi o‘z Lamborghini’sini sotib yuborishga qaror qildi

Foto: AP/L'Osservatore Romano

Rim papasi Frantsisk o‘zining Lamborghini Huracan avtomobilini sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Esquire yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, pontifik uchun maxsus yig‘ilgan oq mashina Rim papasi tomonidan auksionda sotilishi, olingan mablag‘larning katta qismi esa Erondagi Nineviya shahri uchun yordam tariqasida yo‘naltirilishi mumkin. Mashina soatiga taxminan 320 kilometr tezlikka chiqa oladi.

Savdolar tashkilotchilari mashina uchun 303 – 425 ming dollar olishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid