Davlat departamenti Julianining Eron bo‘yicha mojaroli bayonotiga izoh berdi
Ayni damda AQSh prezidenti Donald Trampning huquqshunoslar guruhiga kiruvchi, 1994-2001 yillarda Nyu-York meri bo‘lgan Rudolf Juliani hozirgi ma'muriyat nomidan bayonot bera olmaydi. Bu tashqi siyosat masalalariga ham aloqador, deb xabar qilmoqda TASS Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti vakiliga asosan.
Juliani shanba kuni Tramp Erondagi “rejimni o‘zgartirish niyatida ekani”ni ma'lum qildi. Uning so‘zlari Politico nashri tomonidan keltirilgandi.
"Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ko‘rsatishicha, u ushbu ma'muriyat nomidan na tashqi siyosat, na boshqa qandaydir siyosat bo‘yicha gapira olmaydi", - deya aytib o‘tgan AQSh tashqi siyosat idorasi vakili.
Oq uy esa Julianining so‘zlariga izoh berishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024