Jizzaxda barcha qulayliklarga ega viloyat perinatal markazi ishga tushdi
8 may kuni Jizzax shahrida qayta ta'mirlanib, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan viloyat perinatal markazi binosi foydalanishga topshiriladi.
Mazkur bino 1992 yilda “Viloyat Onalik va bolalikni muxofaza kilish markazi” sifatida qurilib ishga tushirilgan edi. O‘sha davrda markaz 125 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 30 nafar shifokor, 125 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yaxshilash va xodimlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2017 yilda markazning tug‘ruq kompleksi binosida kapital ta'mirlash ishlarini olib borish uchun 4 mlrd 300 mln so‘mlik smeta xarajatlari tayyorlanib, qurilish-ta'mirlash ishlari dastur doirasida «Agrostandart Plyus» MChJ tomonidan bajarildi.
Markazning tug‘ruq kompleksida ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetishi arafasida viloyat hokimligi muassasani qo‘shimcha 500 mln so‘mlik tibbiy jihozlar va 400 mln so‘mlik zamonaviy tibbiy qurilmalar bilan ta'minladi.
2018 yilda markazning qolgan binolarida ham kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun 7 mlrd 800 mln so‘mlik smeta xarajatlari tayyorlanib, yaqin kunlar ichida shu yo‘nalishdagi ishlar boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur markaz viloyat aholisiga ixtisoslashtirilgan akusherlik-ginekologiya va perinatal xizmatlarni ko‘rsatadi, u yiliga 25 ming nafardan ziyod aholiga statsionar va ambulator xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Markaz viloyatdagi eng og‘ir bemorlarga va chaqaloqlarga ham ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ushbu markaz tomonidan yiliga 8 mingdan ziyod tug‘ruqlar amalga oshiriladi, 1 200 nafardan ziyod kam vaznda tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi xamda 3 mingdan ziyod murakkab akusherlik-ginekologiya operatsiyalari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024