O‘zbekiston | 15:40 / 10.05.2018
88371
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari boshqa ishga o‘tkazildi

Abdurahim Mo‘minov O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan FVV rasmiy saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Mo‘minov O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiladi.

Shu bilan birga, Mo‘minov aynan kimga o‘rinbosarligi ma'lum emas — vazirlik saytida birinchi rahbar lavozimi bo‘sh turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdurahim Mo‘minov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Xavfsizlik xizmati boshlig‘i edi.

Mavzuga oid