O‘zbekiston | 23:16 / 11.05.2018
115374
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Xalqaro Press klub

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Musayev Bexzod Anvarovich qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Musayev joriy yilning 12 martida birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Musayevni yangi jamoasiga rasman tanishtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni qo‘mitaning ko‘p yillik rahbari Botir Parpiyev boshqa ishga o‘tkazilgani sababli Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan olingani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid