Ilon Mask Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnelni namoyish qildi
Ilon Mask o‘zining The Boring Company kompaniyasi tomonidan deyarli qurib bo‘lingan, Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnelni namoyish qildi. Hozir loyiha mualliflari mutasaddi idoralar tomonidan yakuniy ma'qullovni kutmoqdalar va shundan keyin bir necha oy ichida tunnelni foydalanish uchun ochmoqchilar.
Dastlab tunnel haydovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, biroq mart oyida Mask g‘oyani o‘zgartirib, tunneldan piyodalar, velosipedchilar va jamoat transporti foydalanishi lozimligi haqidagi qarorga kelgan.
Mask tunneli xaritasi. Qizil segment birinchi bo‘lib ishga tushiriladi va sinov uchun ishlatiladi. Ko‘k segment tizimni kengaytirish mumkin bo‘ladigan yo‘nalishlar.
Maskning kompaniyasi, shuningdek, Chikagoda tezkor yo‘nalish hamda Los-Anjyeles va San-Frantsisko o‘rtasida tunnel o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024