O‘zbekiston | 12:03 / 12.05.2018
39459
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Sultonovich Rahmonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor tumanining sobiq hokimi Abduqahhor To‘xtayev 12 aprel kuni qurilish vaziri etib tayinlangan edi.

Baxtiyor Sultonovich Rahmonov - 1959 yil, Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yil Kiyev muhandis-qurilish instituti tamomlagan.

Muqaddam Mirobod tumani hokimi va Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shu bilan birga, Sergeli tumaniga kim yangi hokim etib tayinlangani hozircha noma'lum.

Mavzuga oid