Bangkokda o‘zbek ayollarini fohishalikka majburlagan shaxs jazolandi
Halol yo‘l bilan topilmagan boylik hech kimga vafo qilmaydi. Bir nafar farzandning onasi B.Isayeva shu haqiqatni afsuski, kech anglab yetdi. U ayol nomiga dog‘ tushiradigan nopok ishni kasb qildi va odam savdosi jinoyatiga qo‘l urdi, deb yozadi «Zarafshon» gazetasi.
Qariyb o‘n yil davom etgan uning bu jinoiy faoliyatiga sheriklari M.Kamolova, Sh.Nurillayev, S.Nurillayev, M.Rahmonova va N.Mamarahimova yaqindan ko‘mak berdi. Bu jinoiy guruh ayollarni aldov yo‘li bilan Tailandga olib borib, majburan fohishalik bilan shug‘ullantirgan va shu orqali moddiy boylik orttirgan.
B.Isayevaga yo‘l va turarjoy xarajatlari bilan ta'minlagani uchun 8–10 ming AQSh dollaridan ishlab berib, so‘ngra o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlaganliklarini tasdiqlagan.
Sudlanuvchi B.Isayeva ochiq sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, haqiqatan ham 2006 yildan boshlab Tailandning Bangkok shahriga ishlash uchun borib kelganligini tasdiqladi. 2007-2008 yillarda o‘ziga Bangkok shahridan ijaraga xonadon olganini va bu uyda O‘zbekiston Respublikasidan kelgan qizlarni ijaraga qo‘yganini, ularga bu yerda fohishalik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berganini tan oldi.
B.Isayeva hamda uning jinoiy sheriklariga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024