O‘zbekiston | 01:00 / 14.05.2018
32747
1 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun ayirboshlash shoxobchalarida teshilgan, muhr yoki tamg‘a qo‘yilgan kupyuralar qabul qilinmaydi? 

O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kelgan sayyohlar nima uchun ayirboshlash shoxobchalarida teshilgan, muhr yoki tamg‘a qo‘yilgan kupyuralar qabul qilinmasligini tushuna olmayaptilar. Ular aksariyat hollarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga umumiy summadan 5 foizdan 20 foizgacha komissiya bilan ayirboshlashga jo‘natilmoqdalar. 

O‘zbekiston bank tizimi Pokiston, Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarda tamg‘a va muhrlar kupyuralarning haqiqiyligi alomati hisoblanishini anglashlari lozim. “Bu davlatlardan deyarli barcha sayyohlar bunday noqulayliklarga uchramoqdalar”, deb yozgan arznoma tashabbuschisi Ravshan Namozov.

Arznoma muallifining ta'kidlashicha, O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarni ayirboshlash uchun ularni eski-yangisiga ajratmasdan qabul qilish jarayonini tartibga soluvchi qaror qabul qilishi lozim. 

Namozovning aytishicha, bunday xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlashda hech qanday haq olinmasligi kerak.

Mavzuga oid