O‘zbekiston gazining asosiy xaridori qaysi davlat?
2018 yilning birinchi choragida O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini 1,9 baravarga oshirdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
"Energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66,2%ga ko‘paydi, bu tabiiy gaz eksporti (1,9 martaga), kimyo mahsulotlari (7,3%), plastmassa va undan mahsulotlar (16,7%) eksporti hisobidan yuz berdi», - deyiladi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida.
O‘zbekiston gazining asosiy xaridori Xitoy sanaladi. 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli kelishuvga binoan, O‘zbekiston gaz eksport qilish hajmini yiliga 10 mlrd kub metrgacha oshiradi.
2017-yilda «Gazprom» «O‘zbekneftgaz» AJ bilan 2018 yildan boshlab besh yil muddatga, yiliga 4 milliard kub metr o‘zbek gazini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. 2016 yilda «Gazprom» tomonidan sotib olingan tabiiy gaz hajmi 6,2 milliard kub metrni tashkil etdi.
2020 yilgacha respublika neft va gaz sohasida 38 loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu gaz ishlab chiqarishni 53,5 milliard kub metr, neftni - 1,9 million tonna va gaz kondensatini - 1,1 million tonnaga oshiradi.
Mavzuga oid
18:05 / 15.11.2024
Portlashdan 2 oy o‘tib: Konda yirik yong‘in, badbo‘y hid kamaygan, ammo aholi hamon sarson
13:59 / 15.11.2024
GFR STG terminallari operatoriga RFdan gaz qabul qilishni taqiqladi
15:47 / 13.11.2024
Toshkentda ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida ayrim hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatildi
13:10 / 10.11.2024